12:40 / 06.01.2020
3 254

Andijonda uxlab qolgan Mercedes haydovchisi simyog‘ochga urildi

Andijonda uxlab qolgan Mercedes haydovchisi simyog‘ochga urildi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
4 yanvar kuni soat 08:10 larda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan o‘tuvchi yo‘lda Mercedes rusumli mashina boshqaruvni yo‘qotib, simyog‘ochga urilgan, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Fojia oqibatida mashina ichida bo‘lgan 45 yoshli marg‘ilonlik yo‘lovchi tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan. 1964 yilda tug‘ilgan yana bir yo‘lovchi esa hozirda shifokorlar nazoratida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yo‘l-transport hodisasi haydovchining transport vositasini boshqarish vaqtida uxlab qolishi, buning natijasida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir simyog‘ochga urilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda uxlab qolgan Mercedes haydovchisi simyog‘ochga urildi