18:55 / 07.01.2020
4 763

«Habib kamarini halollab olsin!» Buxorolik yigit Nurmagomedovni jangga chorladi

«Habib kamarini halollab olsin!» Buxorolik yigit Nurmagomedovni jangga chorladi
Foto: bookmaker-ratings.ru»
Buxorolik O‘.O‘rinov (1979 y.t.) kimsan UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchi!

Bu haqda u tor doirada, bos mastona holda aytmadi. Balki niyatini Prezident ishonch telefoni orqali oshkor qildi: «Men Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchiman. Bu masalada hech qayerga murojaat qilmadim. Iltimos, menga shu imkoniyatni yaratib berishlarini so‘rayman. Habib kamarini halollab olsin. Meni ham, Habibni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlarini so‘rayman», deydi u murojaatida.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan mazkur murojaatga jiddiy qarayotganlar kam. Aksariyat foydalanuvchilar hazil ohangida uning «duxi»ga balli, deyishmoqda. Ayrimlari esa ayni jang o‘tkazilishi mumkinligiga ishonmoqda ham. Bunisi endi mo‘’jiza bilan barobar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Habib kamarini halollab olsin!» Buxorolik yigit Nurmagomedovni jangga chorladi