08:51 / 08.01.2020
4 653

“Bolamga maktabda hadis o‘rgatishibdi...”

“Bolamga maktabda hadis o‘rgatishibdi...”
Bugun 5-sinfda o‘qiydigan o‘g‘limning aytishicha, adabiyot darsida Imom Buxoriy haqlarida, hadislar haqida mavzu o‘tishibdi.

Payg‘ambarlar haqida ancha-muncha ma’lumotlarni o‘rganishibdi. Payg‘ambarimiz alayhissalomni ko‘rgan, suhbatlarida bo‘lganlar sahobalar, ulardan keyingilar esa tobe’inlar deyilishini ham o‘sha darsda eshitibdi. Har kuni ertalab va kechqurun hadisga muvofiq "Robbim ilmimni ziyoda qil" deb duo qilishimiz kerak ekan, deydi. O‘qituvchisi narigi darsimizga hamma qayerdan bo‘lsayam topib, hadis yodlab kelsin, deb vazifa beribdi.

O‘g‘limni xursandligini ko‘rsangiz. Unga, o‘qituvchingga hadisni arabiy matnigacha yodlab kelaman, deb aytmadingmi, deb yuboribman. Inshaalloh, hadis yodlash odoblarini yana bir karra eslab, o‘rgataman. Chunki, hadisni rivoyat qilishning ham o‘ziga xos odoblari bo‘ladi. Tahoratli bo‘lib, xushbo‘ylanib, chiroyli kiyimlarni kiyib, viqor bilan hadis aytish barcha muhaddis ulamolarning odatlari bo‘lgan. O‘g‘limga o‘sha odoblarni o‘rgataman.

Yana hadisni aytishdan oldin "Bismillahir Rohmanir Rohiym" ni zikr qilib, "Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilinadiki" kabi jumlalar bilan aytishni ta’lim beraman. Chunki maktab darsliklarida bu gaplar zikr qilinmay, oddiygina qilib hadis deb yozib qo‘yiladi ko‘pincha. Shoyadki, ustoz va o‘quvchilarning hadisga bo‘lgan muhabbatlari shu sabab ortsa, deb umid qilaman.

Umidjon Tursinov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Bolamga maktabda hadis o‘rgatishibdi...”