11:15 / 08.01.2020
3 482

«O‘zbekneftgaz»da yana rahbar o‘zgardi. Bu so‘nggi 15 oy ichidagi to‘rtinchi o‘zgarish

«O‘zbekneftgaz»da yana rahbar o‘zgardi. Bu so‘nggi 15 oy ichidagi to‘rtinchi o‘zgarish
Bahodir Bahromovich Siddiqovning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Abdullayev Mehriddin Razzoqovich «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Abdullayev Mehriddin Razzoqovich O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Mehriddin Abdullayev «O‘zbekneftgaz»ning keyingi 15 oydagi to‘rtinchi rahbari. Bungacha 2018 yil sentabrgacha kompaniyaga Alisher Sultonov, 2018 yil sentabrdan 2019 yil fevralgacha Bahrom Ashrafxonov, 2019 yil fevraldan 2020 yil yanvargacha Bahodirjon Sidiqov rahbarlik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekneftgaz»da yana rahbar o‘zgardi. Bu so‘nggi 15 oy ichidagi to‘rtinchi o‘zgarish