14:45 / 09.01.2020
4 598

Endi to‘lov-kontraktning 50 foizi to‘langach, abituriyent OTMga o‘qishga qabul qilinadi

Endi to‘lov-kontraktning 50 foizi to‘langach, abituriyent OTMga o‘qishga qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Loyihaga asosan «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qaroriga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritiladi:
  • Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni ish faoliyatiga mos bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
  • Oliy ta’lim muassasalarining takliflariga muvofiq ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida abituriyentlar belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo‘lmagan va tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiradi.

Bunda to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan miqdorga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
- 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
- 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
- 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun kamida 50 foizi bajarilgandan so‘ng abituriyent oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi to‘lov-kontraktning 50 foizi to‘langach, abituriyent OTMga o‘qishga qabul qilinadi