15:53 / 09.01.2020
2 851

Andijonlik fuqaro oyoq kiyimlarida 40 ming dollarni yashirincha olib chiqishga urindi

Andijonlik fuqaro oyoq kiyimlarida 40 ming dollarni yashirincha olib chiqishga urindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi «Do‘stlik» chegara bojxona postida 40 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni mamlakatdan olib chiqib ketishga uringan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar qilgan.

«Do‘stlik» chegara posti orqali qo‘shni mamlakatga piyoda chiqib ketayotgan D.K.ning shubhali xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida fuqaroning oyoq kiyimlarining har birida 20 ming AQSH dollaridan jami 40 ming dollar pul borligi fosh bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik fuqaro oyoq kiyimlarida 40 ming dollarni yashirincha olib chiqishga urindi