20:53 / 09.01.2020
5 138

Samarqandda yangi tartibdagi to‘y qilish nizomini buzgan oila aniqlandi

Samarqandda yangi tartibdagi to‘y qilish nizomini buzgan oila aniqlandi
2020 yilning 1 yanvaridan “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Nizom kuchga kirgan edi. Ushbu nizomni buzgan birinchi oila aniqlandi deb yozmoqda Sof.uz.

Samarqand viloyatida 4-5 yanvar kunlari o‘tkazilgan bir nechta to‘ylarda 200 kishidan ortiq kishilar taklif qilingan. Ana shunday to‘ylarning biri Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Ahror Vali” mahallasida bo‘lib o‘tgan. To‘yga 370 nafar mehmonlar taklif etilgan.

To‘yga tashrif buyurgan "Shirinobod" MFY vakillari to‘y va tantanalarni o‘tkazish tartibini buzganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yangi tartibdagi to‘y qilish nizomini buzgan oila aniqlandi