14:50 / 10.01.2020
2 807

Talabalar uchun oldingi «beshlik» va «to‘rtlik» stipendiyalar yana qaytishi mumkin

Talabalar uchun oldingi «beshlik» va «to‘rtlik» stipendiyalar yana qaytishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev talabalarning «beshlik» va «to‘rtlik» stipendiyalar yana qaytishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Bugun Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduxakimov bilan talabalarga stipendiya tayinlash tartibi bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokama qildik,» - deydi deputat.

"Ko‘pchilik talabalarning murojaatlarini inobatga olgan holda bildirilgan takliflar ham loyihada aks ettirilib, ushbu qaror qabul qilinishi bilan a’lochi, faol, besh bahoga o‘qiyotganlar ilgarigidek yuqori, to‘rtga o‘qiyotganlar esa o‘z nomi bilan to‘rtlik, uch bahoga o‘qiganlar esa uchlik stipendiya olishi kutilmoqda.

Oddiy aytganda har kim o‘z intilishi va izlanishiga qarab stipendiya oladi. Loyihada yana bir qator yaxshi yangiliklar bor. Yaxshisi tez kunlarda qabul qilingach bilib olamiz.
Nasib bo‘lsa, hujjat tez kunlarda qabul qilinadi
" - degan Oliy Majlis deputati o‘z telegram kanalida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalar uchun oldingi «beshlik» va «to‘rtlik» stipendiyalar yana qaytishi mumkin