13:49 / 10.01.2020
3 346

O‘zbekistonga sayyohlar eng ko‘p qaysi davlatlardan kelishmoqda?

O‘zbekistonga sayyohlar eng ko‘p qaysi davlatlardan kelishmoqda?
10 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2020 yilgi rejalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil davomida O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan, 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan.

Ularning orasidan aksariyat, ya’ni 51,3 foizni 31-55 yoshdagi kishilar (2018 yilda 52,1 foiz), 20,2 foizini 55 yosh va undan kattalar (2018 yilda 19,4 foiz), 19,5 foizini 19-30 yoshdagilar (2018 yilda 20,4 foiz) va 9,1 foizini 0-18 yoshlilar (2018 yilda 8,1 foiz) tashkil qiladi.

Eng ko‘p sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan bo‘lib, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 400 kishini qayd etgan.

Sayyohlarning aksariyati Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan.

O‘zbekistonga tashrif buyurganlar orasida qarindosh-urug‘ va do‘stlarini ko‘rishga kelganlar soni 81,8 foizdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, dam olish uchun kelganlar 15,5 foizni tashkil etgan. Boshqa sabablar, jumladan davolanish, xaridlar, biznes uchrashuvlarda ishtirok etish hamda ta’lim olish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,7 foizni qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga sayyohlar eng ko‘p qaysi davlatlardan kelishmoqda?