16:00 / 10.01.2020
3 164

Qaytarilmagan kredit uchun qarzdorning Spark avtomashinasi xatlandi

Qaytarilmagan kredit uchun qarzdorning Spark avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvidagi qarzdor Sh.S.dan undiruvchi “Milliy bank” TIF foydasiga solidar tartibda 1 mlrd. 35 mln. 840 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan №16143-44/23-sonli ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor Sh.S. Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmasdan, qarzdorligini to‘lamasdan kelayotganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan qarzdor Sh.S.ga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi. So‘ngra, bo‘limning qidiruv bo‘yicha inspektori tomonidan tezkor qidiruv chora tadbirlari natijasida Sh.S.ga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtotransport vositasi topilib xatlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaytarilmagan kredit uchun qarzdorning Spark avtomashinasi xatlandi