O‘zbekistonda eng ommaviy taom — «Palov indeksi» ma’lumotlari shakllantirilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
«Palov indeksi»ni shakllantirish jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
Qo‘mita tomonidan O‘zbekistonning barcha hududiy markazlarida joylashgan yirik umumiy ovqatlanish muassasalari (jumladan, «Osh markazlari»)dagi 1 kg palov uchun sarflanadigan masalliqlar ro‘yxati, shuningdek, ularning narxlari (qiymati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilib borilmoqda.
Respublikaning barcha hududlarida 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqilib, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha masalliqlar ro‘yxatini shakllantirildi. Unga ko‘ra:
- O‘simlik yog‘i (300 gr.);
- Piyoz (300 gr.);
- Mol go‘shti (700 gr.);
- Sabzi (1 kg.);
- Guruch (1 kg.);
- No‘xat (100 gr.);
- Mayiz (50 gr.);
- Ziravorlar (10 gr.);
- Osh tuzi (5−10 gr.).
Bundan tashqari, hududlardagi umumiy ovqatlanish muassasalarida «1 porsiya» palovning o‘rtacha narxi ro‘yxatga olinadi (1 hududdan kamida 3 ta muassasa). Shuningdek, 1 kg tayyor palovning qiymati (barcha sarf-xarajatlarini inobatga olgan holda) hamda ma’lum davriylikda 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar narxlarining o‘zgarishi hisoblab boriladi. Shakllangan tahliliy ma’lumotlarni ma’lum davriylikda e’lon qilinadi.
Qo‘mitaning qayd etishicha, jahon mamlakatlari orasida aniq yoki doimiy iste’moldagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi bilan o‘zlarining «shaxsiy inflyatsiya» darajalarini baholashgan. Mazkur baholash turlari har bir hududning individual sharoitlarini inobatga olgan holda shakllanib borgan.
Shulardan dunyoda deyarli keng miqiyosda tarqalgan usul — «Big-Mak indeksi» hisob-kitobidir. Unga ko‘ra, bir xil standartga (tarkibiy masalliqlari jihatidan) taalluqli «gamburger»ning turli mamlakatlardagi narxlari ro‘yxatga olinadi. Narxlarni ro‘yxatga olishning aniq davriyligiga asosan, aynan shu mamlakatlarda mazkur turdagi «taom»ning o‘rtacha narxlari qayta ro‘yxatga olinadi. Shakllangan ma’lumotlar asosida narxlar o‘zgarishi dinamikasi tahlil qilinadi.
Bu turli davlatlar valyutalarining haqiqiy ayirboshlash kurslarini aniqlash maqsadida, iqtisodchilar tomonidan 1986 yildan e’tiboran bunday tadqiqotlar olib borilib, «The Economist» jurnalida e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi