09:23 / 12.01.2020
5 287

Chiroqchida yuzlab kishi YPX xodimi yo‘lini to‘sdi (foto)

Chiroqchida yuzlab kishi YPX xodimi yo‘lini to‘sdi (foto)
Foto: Xabar.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida YPX xodimi mast holatda avtomobil boshqargani va fuqarolar uning yo‘lini to‘sib, unga nisbatan chora ko‘rilishini talab qilishayotgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda ko‘rish mumkinki, yuzlab kishi evakuator mashinasiga chiqib olgan YPX xodimini o‘rab olishib, holatni o‘z telefonlariga videoga olishmoqda. Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar vakillari oldida xodimning mast ekanini aytishib, uning xalqdan kechirim so‘rashini talab qilishgan.

Voqea guvohi so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat tumandagi ko‘chalaridan birida o‘rnatilgan 3.27 («To‘xtash taqiqlangan») yo‘l belgisida (o‘rnatilgan belgi qo‘lbola tayyorlanganga o‘xshaydi) to‘xtagan avtomashinani jarima maydoniga olib ketish jarayonida sodir bo‘lgan.

Foto: Xabar.uz

Foto: Xabar.uz
Katta ehtimol bilan ushbu qoidabuzarlikni qayd etish uchun kelgan YPX xodimi mast holatda bo‘lganligini sezgan fuqarolar shu tarzda uning yo‘lini to‘sib olishib, norozilik bildirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchida yuzlab kishi YPX xodimi yo‘lini to‘sdi (foto)