13:00 / 12.01.2020
5 205

«Suvni isrof qilishga Xudodan qo‘rqmaysanmi?»

«Suvni isrof qilishga Xudodan qo‘rqmaysanmi?»
Feysbukda Mahfuza Ortiqova ismli foydalanuvchi suv iste’moli va isrofi haqida yaxshi post qoldiribdi, Sizga ham ilindim:
«Sovuq suvga hisoblagichlar o‘rnata boshlangan paytlar edi. Hovlimizga ham o‘rnatib ketishdi.

Buvimning hisoblagich bo‘lsa, bo‘lmasa bir odatlari bo‘lardi. Hammomga kimdir kirsa, besh daqiqadan keyin taqillatardilar tezroq chiq, suvni uvol qilma deb. Hovliga shlanka oldirmasdilar. Suvni uvol qilasanlar deb. Idishni suv oqizib yuvdirmasdilar. Tog‘orada yuvib, keyin chay, suvni uvol qilasan deb.

Suvga hisoblagich o‘rnatildi. Bir oydan keyin tekshiruvchi kelib, o‘shqira ketdi. Aylantirgansizlar, qo‘shningiz bir oyda ming kub ishlatgan. Qanaqa qilib sizlarda hisoblagich deyarli aylanmagan, deb.

Onam istaganingizcha tekshiring. Biz haromdan hazar qilamiz dedilar. Qani vodoprovodingizni sharillatib oching, deb hisoblagichga tikildi. Onam sharillatib ochdilar.

Tekshiruvchi kelgandan bexabar buvim «qaysi biring suvni shunaqa ochding. Xudodan qo‘rqmaysanlarmi» deb baqirib qoldilar
Tekshiruvchi pildiravolib, qochgandi. Uzr, uzr deb.

Mana shunaqa dunyoqarash yetishmaydi bugun odamlarimizga, Xudodan qo‘rqish, isrofdan qo‘rqish...»
Siz buni qila olasizmi? Uyidan vodoprovod suvi bemalol oqib turadigan, hurmatli yurtdoshlar!

Keling, bir eksperiment qilib ko‘ramiz. Har kuni erta tong va kechki payt jo‘mrakdan suvni oqizib qo‘ymasdan, bitta stakan yoki piyolaga suv olib, o‘sha bilan tishlarimizni yuvishga odatlanamiz.

Buning ikkita yaxshi tomoni bor. Eng avvalo har kuni 2 mahal tishlarimizni yuvishga odatlanamiz, bu salomatligimiz uchun koni foyda (ko‘pchilik bunga rioya qilsa kerak shundoq ham).
Ikkinchidan, suvni ortiqcha isrof qilmaslik, kamgina suv bilan ham tishlarimizni bemalol yuvish mumkinligiga o‘rganamiz.

Suvni isrof qilmaslik uchun uni qilaylik, buni qilaylik, deb mingta narsani sanash ham mumkin, ammo keling, boshlanishiga shu oddiygina kichik o‘zgarishdan boshlay qolaylik. Qiyin emasku, to‘g‘rimi?

O‘zimizni mana shunday kichik odatlar bilan tarbiyalab borsak ham yomon bo‘lmasdi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Suvni isrof qilishga Xudodan qo‘rqmaysanmi?»