18:55 / 13.01.2020
6 862

“Hayot charxpalak ekan – o‘sha kishining qiziga uylandim...”

“Hayot charxpalak ekan – o‘sha kishining qiziga uylandim...”
Hajga borganlardan bir kishi Haj qilayotib, Ka’ba atrofida o‘tirib olgan bir kishining: "Ey Parvardigorim,- kimki to‘g‘ri yo‘lda bo‘lsa, unga O‘zing yordam qil- deb, shu gapni takror takror aytayotganini guvohi bo‘ldi. Haj qiluvchining qiziqishi ustun kelib duo qiluvchining oldiga borib o‘tirdi va undan:

"-Ey birodar, nima sababdan sen bitta duoni takror takror so‘rayapsan- dedi. Bunga javoban duo qiluvchi:"-Bunga ko‘p yillar bo‘ldi, u payt men yosh edim, Ka’bani tavof qilayotib oyog‘im bilan og‘ir bir narsani turtib yubordim. Egilib qarasam charm hamyon ekan. Ichini ochib ko‘rgandim, hamyon to‘la tillo tangalar ekan. Sanaganimda roppa rosa ming oltin tanga edi.

"Bunaqa ko‘p odamlar ichidan hamyon egasini topish, qancha baqirib chaqirmayin amrimahol", -deb o‘yladim va ichi oltinlar bilan liq to‘la hamyonni o‘zimda qoldirishga qaror qildim. Shundan keyin o‘z nafsim bilan kurasha boshladim.

Biroz vaqt o‘tib kimdir hamyonini yo‘qotganini, topib bergan kishiga o‘ttiz oltin tanga mukofot berishliklarini e’lon qilib qolishdi.
Men o‘zimga: "harom yo‘l bilan topilgan ming oltin tangadan ko‘ra, halol yo‘l bilan olingan o‘ttiz oltin tanga afzal emasmi"?- deb o‘yladim. Shundan keyin hamyonni egasiga qaytardim. U menga va’da qilingan o‘ttiz tangani berdi.

Men berilgan pulga qul sotib olishga qaror qildim va bozordan yosh, juda odobli o‘spirin qul sotib oldim.
Men unga qulga muomala qilgandek muomala qilmasdan, u bilan barobar mehnat qilib, nonni ham teng baham ko‘rib yurdim.

Bir kuni men uning begona kishilar bilan suhbatlashib turganini ko‘rib qoldim va ular kimlar ekanligini so‘radim. U menga "Men bir hukmdorning o‘g‘liman, otam bilan dushmanga qarshi urush qilayotib qo‘lga tushdik. Dushmanlar meni bozorga sotishga qaror qildilar va sen meni sotib olding. Meni sotib olganingdan xursandman, chunki sen yaxshi insonsan, dedi". - Ular otamning xizmatkorlari. Meni sendan qaytarib sotib olishmoqchi. Savdolashganda beshyuz ming tillodan kamiga rozi bo‘lma, chunki sen bunga loyiq insonsan"- dedi.

Ertasi kuni ular menga besh yuz ming tilloni berib o‘smirni olib ketishdi.
Shundan keyin men bu pullarga savdomni boshlab yubordim.
Tez orada ishlarim o‘nglanib mashhur bo‘la boshladim. Qayerga bormay meni tanib, izzat va ehtirom ko‘rsata boshladilar, aziz mehmon bo‘ldim.

Bir kuni savdogar do‘stlarimdan birini qayg‘uli holatda ko‘rib qoldim. Sababini so‘raganimda: "uning do‘sti vafot etganini, uni turmush qurmagan, oqila, go‘zal qizi borligini va unga uylanishimni" menga taklif qildi.

Qizni ko‘rmoqchi bo‘lib kirganimda, uy ichida ko‘plab, ichida ming tillo tangali hamyonlarni ko‘rdim. Ularning ichidan faqat bittasida to‘qqiz yuzu yetmish oltin borligini bildim.

Qizdan buning sababini so‘radim. Bunga javoban u:- Mening rahmatli otam Hajga borganida, ichida ming dirhami bor hamyonini yo‘qotib qo‘ygan, hamyonni topib bergan kishiga esa o‘ttiz dirhamini bergan ekan. Mana shundan buyon hamyon o‘ttiz dirham kam holatda turibdi - dedi. Men darhol hamyonimdan o‘ttiz dirham chiqardim va uni olgan vaqtimdagi kabi to‘ldirib qo‘ydim.

Qiz menga ma’qul bo‘lib men unga uylandim. U bilan baxtli hayot kechirdik.

- Biz nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini bilamiz, chunki bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilgan, ammo har doim ham nafsimizni yengib, Allohni oldida va vijdonimiz oldida pok holda qola olmaymiz. Shu sababli men, Allohdan barchaga menga ko‘rsatganidek, men tutgan yo‘l kabi, to‘g‘ri yo‘lga boshlashini duo qilib so‘rayman. Men harom yo‘lni tutib, hamma dirhamlarni o‘zimda qoldirishim, egasiga qaytarmasligim ham mumkin edi, unda men bunaqa baxtga erishmagan bo‘lar edim. To‘g‘rilik sababli Alloh menga shuncha mukofotlar berdi- deb so‘zini yakunladi u.

Alloh barchamizni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llasin. Adashishdan panoh bersin!

Obidxon Hamidov tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Hayot charxpalak ekan – o‘sha kishining qiziga uylandim...”