16:21 / 14.01.2020
2 746

Toshkent viloyatida aliment to‘lovidan qochib yurgan otalarga qidiruv e’lon qilindi

Toshkent viloyatida aliment to‘lovidan qochib yurgan otalarga qidiruv e’lon qilindi
Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda aliment to‘lovlarini to‘lashdan bosh tortayotgan va ijro organlaridan berkinib yurgan shaxslarni qidirib topib, aliment to‘lovlarini to‘latish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 2020 yilning 10-13 yanvar kunlari byuroning Yangiyo‘l tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan taqdim qilingan 50 nafar intizomsiz aliment to‘lovchilar bo‘yicha tezkor-qidiruv ishlari amalga oshirildi. Natijada, 22 nafar intizomsiz aliment to‘lovchilar bo‘limga topib keltirilib, davlat ijrochilariga topshirildi. 33 nafar voyaga yetmagan bola ta’minoti uchun ushbu qarzdor otalardan 12 mln. so‘m aliment qarzi undirildi.

Bundan tashqari, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 1 nafar qarzdordan jinoiy jarima va davlatga yetkazilgan zarar, ya’ni jami 25 mln. so‘m qarzdorlik undirildi. Yana 1 nafar aliment to‘lovchi qarzdor O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Navoiy viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotganligi aniqlandi.
Intizomsiz aliment to‘lovchi qarzdorlarni topish yuzasidan tadbirlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida aliment to‘lovidan qochib yurgan otalarga qidiruv e’lon qilindi