19:04 / 14.01.2020
4 591

Toshkentda yosh bola 4-qavatda osilib qoldi va... tushib ketdi (video)

Toshkentda yosh bola 4-qavatda osilib qoldi va... tushib ketdi (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Toshkent shahridagi ko‘pqavatli uylarning birida 4-qavatda yosh bola osilib qolgani va pastlikka tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Videodan bolani uy derazasi panjarasiga osilib qolgani, qancha harakat qilmasin, baribir tepa qavatdan tushib ketganini ko‘rish mumkin. Pastga qulashda u ikkinchi qavat derazasi ustidagi tomchaga urilgan, so‘ng uni bir necha kishi matoda tutib olishgan.

Eslatma: Asabi bo‘shlar videoni ko‘rmasin!

Ushbu hodisa va bolaning sog‘lig‘i haqida hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.
Hurmatli ota-onalar! Yosh bolalaringizni uyda yolg‘iz qoldirmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yosh bola 4-qavatda osilib qoldi va... tushib ketdi (video)