09:28 / 15.01.2020
3 475

Toshkentda «Kobalt» svetoforda to‘xtab turgan to‘rtta mashinaga kelib urildi

Toshkentda «Kobalt» svetoforda to‘xtab turgan to‘rtta mashinaga kelib urildi
Kecha, 14 yanvar kuni kechasi ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan voqea joyidan olingan fotosuratlar tarqalgan edi. Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

14 yanvar kuni ertalab soat 22:50 da Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishgan joyda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida 102 raqamiga xabar tushgan.

«Kobalt» rusumli avtomashina haydovchisi 37 yoshli T.Tohir svetaforning taqiqlovchi signalida to‘xtagan bir nechta avtomobil, jumladan: ikkita «Matiz», «Spark» va «Neksiya-3» rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashdi.

Hodisa oqibatida «Kobalt» haydovchisi, «Matiz» haydovchisi va uning yo‘lovchisi, shuningdek yana bir «Matiz» yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.

«Kobalt» avtomobilining svetofor oldida to‘xtab turgan mashinalarga kelib urilishi sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida «BMW» to‘xtab turgan «LACETTI» orqasidan kelib urilishi oqibatida ikki mashina ham yonib ketgandi.

«LACETTI» rusumli avtomashinaning haydovchisi va yo‘lovchisi 6 yoshli D.M. qutqarilib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, yana ikki yo‘lovchi — 44 yoshli I.M. va 8 yoshli Ya.M. esa voqea joyida halok bo‘lishgandi.

«BMW» avtomobili haydovchisi voqea joyidan qochib ketgandi. Ikki nafar yo‘lovchining halok bo‘lishiga, yana ikki kishining shifoxonaga tushishiga sababchi bo‘lgan o‘sha haydovchi biroz muddatdan so‘ng ushlanib, uning shaxsi aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Kobalt» svetoforda to‘xtab turgan to‘rtta mashinaga kelib urildi