16:35 / 15.01.2020
3 461

Dala maydonidagi o‘g‘irlik

Dala maydonidagi o‘g‘irlik
Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tuman hududida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli dala maydonida jamiyat rahbari Sh.E. o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganlik holati aniqlangan.

Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, egasining bunday o‘zboshimchaligi oqibatida ta’minotchi korxona manfaatlariga 35 mln 536 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari Sh.E. yetkazilgan 35 mln 536 ming so‘m zararni to‘liq qoplaganligi sababli Jinoyat protsessual kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikdan ozod etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dala maydonidagi o‘g‘irlik