17:48 / 15.01.2020
2 751

Jizzaxda qarzdorlik uchun bino xatlandi

Jizzaxda qarzdorlik uchun bino xatlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, “Havotog‘ sihatgohi” MCHJga tegishli bo‘lgan mol-mulklar xatlandi.
Gap shundaki, mas’uliyati cheklangan jamiyati “Asaka bank” Jizzax viloyat filialidan olgan kredit foizlari va asosiy qarzlarini to‘lamadi.
Jami 160 mln. so‘mdan ortiq bank qarzdorligi to‘lanmagach, MCHJga tegishli bo‘lgan umumiy ovqatlanish shahobchasi, noturar bino hamda avtobus xatlandi.
Bugungi kunda umumiy ovqatlanish shahobchasi 189 mln. 825 ming so‘mga, noturar bino 240 mln. 345 ming so‘mga va avtobus 41 mln. so‘mga baholanib, sotish uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda qarzdorlik uchun bino xatlandi