16:00 / 16.01.2020
3 780

Shakar davlat nazoratidan chiqarildi. Endi uning narxi oshib ketmaydimi?

Shakar davlat nazoratidan chiqarildi. Endi uning narxi oshib ketmaydimi?
platformauzb telegram kanalida ana shunday xabar e’lon qilindi.
"Chunki u davlat nazoratidan chiqarildi. Ya’ni shakar muhim xalq iste’moli tovarlari ro‘yxatidan o‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PQ-4484-sonli qarori 1-bandida keltirilgan. Endi uning bahosini bozor belgilaydi.

Bu erkin bozor formatiga o‘tayotgan iqtisodiyot uchun qonuniyat bo‘lishi mumkin. Biroq hadik shundaki, shakarning ham “ega”si chiqib qolmasmikan? Xuddi oldingiga o‘xshash...

Ilgari iqtiyodimizdagi yopiq va soyadagi, ya’ni “tenevoy” siyosat ko‘plab vallomatlarni paydo qilganini hamma biladi. Boho shakarchi, falon millioner, falon oligarx... Ularni biz, o‘zimiz yaratgandik. Bojxonada maxsus yo‘laklar ochib, maxsus ruxsatnomalar berib va boshqalarga bu yo‘nalishda tabu qo‘yib... Oqibatda “vayronadan chiqqan bu millionerlar” qancha shataloq otishdi. Jabrini odatdagiday xalq ko‘rdi. Aytmoqchi bo‘layotganim, yana shunday bo‘lmaydimi? Shakarni xohlagan tadbirkor olib kira oladimi? Agar shunday bo‘lsa, narx-navo erkin bo‘ladi. Aks holda…

O‘zi, umuman, monopoliyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish kerak, deb o‘ylayman. Eshitishimizcha, hozir qurilish ishlarida urf bo‘lgan alyumin profillarni chetdan olib kirishga faqat “Imzo” va “Akfa”ga ruxsat bor emish. Bu, albatta, bozordagi raqobatni yo‘q qilib, ana shu firmalarni yakkahokimga aylantiradi-da. Bunday yo‘sinda mazkur kompaniyalar egasi nafaqat shaxsiy samolyot, balki Boyqo‘ng‘irda o‘ziga raketa sotib olibdi, deyishsa ham ishonish mumkin.

Xullas, qonunlar hammaga birday ishlasa, bir to‘da odamlarga emas, butun xalqqa yaxshi bo‘ladi. Vatan va millat mavqeini esa har doimgiday sanoqli boylar emas, mehnatkash va fidoyi xalq belgilaydi" deyiladi kanalda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shakar davlat nazoratidan chiqarildi. Endi uning narxi oshib ketmaydimi?