17:15 / 16.01.2020
3 457

Navoiyda 340 dona vobla balig‘ini ovlagan brakonerlar qo‘lga tushdi

Navoiyda 340 dona vobla balig‘ini ovlagan brakonerlar qo‘lga tushdi
Foto: O‘zA
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha 2020 yilning yanvar oyida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinishi holati yuzasidan tezkor ekologik reyd nazorat tadbiri o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zA.

Nazorat tadbirida Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv ob’ektlarini muhofaza qilish tezkor guruhi ko‘lning Nurota tumani hududida ekologik reyd o‘tkazdi.

Tadbir davomida Nurota tumani Qizilcha qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Izbasarov noqonuniy ravishda 340 dona vobla balig‘ini ovlab olib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi.

Foto: O‘zA

Ushbu holat bilan O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 35-moddasi talablarini buzganligi uchun MJtK 90-moddaning 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda 7582000 so‘m tabiatga yetkazilagan zarar hisoblanib hujjatlar Nurota tumani Ma’muriy sudiga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda 340 dona vobla balig‘ini ovlagan brakonerlar qo‘lga tushdi