06:58 / 17.01.2020
6 225

Milliy gvardiyada kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat qilishga nomzodlar uchun talablar

Milliy gvardiyada kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat qilishga nomzodlar uchun talablar
Foto: «Milliy gvardiya»
«O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3210, 13.01.2020 y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Buyruqqa muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.

Nizomda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
- Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar;
- nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va bosqichlari, xususan nomzodni:
- dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
- psixologik o‘rganish;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- hujjatlarini rasmiylashtirish va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish bo‘yicha qoidalar.

Nizomga muvofiq, o‘rta yoki o‘rta-maxsus yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolar nomzod bo‘lishi mumkin:
- 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;
- muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
- rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Bilolidin
Bilolidin 6 сентября 2020 22:30
Koxxorjonov
Fazik
Fazik 30 октября 2020 20:18
Hamma tanlovidan utgandim sababsiz qabul qimadi Toshkentdagi anavi kalta kadrchasigayam bordim foydasi yuq
Xalilov Xayotjon
Xalilov Xayotjon 25 декабря 2020 22:58
Ismim Xayotjon. 1995-yil tugʻilganman. Oilaliman 1 nafar farzandim bor. Fargʻona davlat universiteti 3-kurs talabasiman. Milliy gvardiyaga ishga kirmoqchiman. Boʻyim 178 sm, 70 kg man. Maʼlumot uchun+998905831495
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiyada kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat qilishga nomzodlar uchun talablar