09:30 / 18.01.2020
3 735

Ustozlar xiyonati

Ustozlar xiyonati
Ayrim joylarda buyuk-buyuk olimlar haqida o‘ta bepisandlik bilan, o‘ta axloqsizlik bilan, odobsizlik bilan gapirilayotgan gaplarga ko‘zim tushib qolyapti.

Moturidiying tirilib kelsa, o‘zim unga dars berib qo‘yaman, degandek ohanglarga, ma’nolarga duch kelyapman.
Zamaxshariy haqida-ku gapirmay qo‘ya qolay. U zot tirilib kelsa, toshbo‘ron qilib yuborishsa kerak.

Men olomonni ayblamayman. Olomon olomon-da. Men ustozlarni ayblayman. Modomiki, o‘quvchi o‘z ustozini o‘sha o‘tmishdagi buyuk-buyuk olimlardan ustun qo‘ya olibdimi, demak, ustoz xoin.

Har bir ustoz u buyuklar oldida o‘zining hech kim emasligini o‘quvchining ich-ichiga, dil-diliga singdirib yuborishi kerak. Toki, o‘quvchi u zotlarni ustozidan ko‘ra yuz, ming barobar ko‘proq hurmat qilsin.

Shu yo‘lni tutmagan ustoz sodiq ustoz emas. U xoin.

Muqim Mahmud

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ustozlar xiyonati