13:30 / 21.01.2020
2 564

Fuqaro davlatga yetkazgan 6 mln. so‘m zararini to‘lagani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilmadi

Fuqaro davlatga yetkazgan 6 mln. so‘m zararini to‘lagani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilmadi
Majburiy ijro byurosi Kitob tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Toshkent” MFYda yashovchi fuqaro A.I.ning yashash xonadonida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish ahvoli yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda fuqaro elektr hisoblagichdan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, Kitob tuman elektr ta’minoti korxonasiga 5 mln. 867 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Byuroning Kitob tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida fuqaro A.I. muqaddam elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganligi holati bo‘yicha tuman elektr ta’minoti korxonasiga 4 mln. 500 ming so‘m zarar yetkazilganligi hamda MJtKning 101-moddasiga asosan 1 mln. 013 ming so‘m ma’muriy jarima jazo qo‘llanilib, yetkazilgan zarar va jarimani to‘liq to‘lab berganligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshirish natijasiga ko‘ra, fuqaro A.I.ning harakatlarida JKning 1852-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsada, A.I. yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi sababli, Byuroning Kitob tuman bo‘limi tomonidan unga nisbatan to‘plangan hujjatlar JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish va ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib ishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro davlatga yetkazgan 6 mln. so‘m zararini to‘lagani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilmadi