09:15 / 22.01.2020
5 164

Bog‘otlik tadbirkor issiqxonada qulupnay yetishtirmoqda

Bog‘otlik tadbirkor issiqxonada qulupnay yetishtirmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida tadbirkorlar tomonidan barpo etilayotgan zamonaviy issiqxonalar soni yildan-yilga ko‘payib, hududning eksport ulushida muhim o‘rin egallamoqda.
Tumanning Beshariq qishlog‘idagi “Gulshan” mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Ne’matjon Bekniyozov issiqxona faoliyatining noan’anaviy yo‘nalishini tanladi.

Oltmish sotix maydonni egallagan issiqxonada gidroponik usulda qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi.
Mutaxassislarning fikrlarini o‘rganib, qulupnayning “Albion” navini tanladik, — deydi Ne’matjon Bekniyozov. — Bu nav issiqxonaga mosligi, serhosilligi va sifati bilan ajralib turadi. Har tupi bir yarim kilogacha meva beradi. Uzoq vaqt hosil berishi, mevalarining bir xil kattalikda bo‘lishi tufayli xaridorgirligi bilan ajralib turadi.

Tadbirkor yana bir gektarlik issiqxonada pomidor yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ydi. Natijada yangi ish o‘rinlari soni o‘n yettitaga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bog‘otlik tadbirkor issiqxonada qulupnay yetishtirmoqda