14:53 / 22.01.2020
3 943

Chegara postida qizlarni fohishalik qilish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi

Chegara postida qizlarni fohishalik qilish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi
IIBB Axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Yashnobod tumani IIO FMBga 35 yoshli Svetlana K. va 28 yoshli Manzura A.lar o‘zlarini aldab Olma-ota shahriga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan 32 yoshli Iroda D.ga nisbatan chora ko‘rishlarini so‘rab murojaat qilishgan.

Ushbu murojaat sabab Toshkent shahar IIBB xodimlari Toshkent viloyati IIBBdagi hamkasblari bilan birga Iroda D.ni kuzatishni boshlaydi. 15 yanvar kuni taxminan soat 15.00 da Iroda D. Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “G‘ishtko‘prik” chegara postida qizlarni qo‘shni respublikaga jo‘natayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (“Odam savdosi”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chegara postida qizlarni fohishalik qilish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi