16:56 / 22.01.2020
2 986

DXX Farg‘onada ekstremizm tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘ydi

DXX Farg‘onada ekstremizm tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘ydi
2018 yil jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan qo‘qonlik 23 yoshli “T.A.”ga insonparvalik tamoyillaridan kelib chiqib 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi.

Lekin, u bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, “Telegramm” messenjerida diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar rahnamolarining jihodga, shahidlikka chorlovchi audio-video ma’ruzalarini tinglab, tomosha qildi. Natijada Suriya davlatidagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirdi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida uning qabih rejasiga chek qo‘yildi.

Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida yashovchi 21 yoshli “T.I.” ota-onasining ogohlantirishlariga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qoldi.

U “Telegramm” messenjerida guruh ochib, ekstremistik oqimlar rahnamolarining ma’ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati”, “Katibatul Tavhid va Jihod” kabi terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, jihodga chorlovchi materiallarni joylashtirib, o‘z guruhi a’zolari sonini 45 nafarga yetkazdi.

DXX xodimlarining say’-harakati bilan uning ham noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Endilikda har ikki shaxs ham qonun oldida javob beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Farg‘onada ekstremizm tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘ydi