19:00 / 22.01.2020
2 530

Iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
Qarshi davlat universitetida o‘tkazilgan o‘quv seminarida Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Qashqadaryo “Hududgaz” MCHJ, Qashqadaryo XET, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi va boshqa kommunal sohaga aloqador tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda qatnashgan Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining o‘qituvchi va talabalariga iste’molchi sifatida bilishlari zarur bo‘lgan ma’lumotlar, qonunchilikdagi va sohalarga tatbiq etilayotgan yangiliklar, kelgusidagi rejalar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
O‘quv seminari savol-javob tarzida davom ettirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi