2020 yil 14 yanvardan 15 yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Paxtachi mahallasida yashovchi 60 yoshli I.N.ning uyiga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ichida 1.120 AQSH dollari va 57.500.000 so‘m miqdorida naqd pullari hamda uyining kadastr hujjatlari bo‘lgan temir seyfni yashirin ravishda qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida, 26 yoshli K.F. va 24 yoshli N.T. sodir etganligi aniqlanib, ulardan o‘g‘irlangan pullarning bir qismi va temir seyf ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
K.F. va N.T. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan, K.F. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi