17:15 / 23.01.2020
3 062

«O‘zbekistondagi bolalarning 10 foizi virtual olam ta’siriga haddan ortiq berilgan»

«O‘zbekistondagi bolalarning 10 foizi virtual olam ta’siriga haddan ortiq berilgan»
Bugun, 23 yanvar kuni, Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan internet tarmog‘ining oila mustahkamligiga, bolalar ongiga ta’sirini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda markaz rahbari Dilorom Toshmuhammedova oilalarda internet tarmog‘ining o‘rnini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda 10 foiz bolalar virtual olam ta’siriga haddan ortiq berilib ketishgan. Bu raqam katta bo‘lmasa-da, keyinchalik oshib ketish ehtimoli ancha yuqori. Biz yosh oilalar yo‘nalishida tadqiqot o‘tkazdik. Unda endigina oila qurgan yoshlarni qamrab oldik. So‘rovlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, faqat 15 foiz erkaklar o‘z farzandi tarbiyasiga vaqt ajratishar ekan. Yana boshqa tadqiqotga ko‘ra, bir kunda yosh ota-onalar farzandi bilan 13-17 daqiqa oralig‘ida suhbat qilishga vaqt ajratishi ma’lum bo‘ldi.

Bu raqamlar qat’iy choralar ko‘rishni talab qilyapti. Kattalar tomonidan telefonga tarbiya vositasi sifatida qaralmoqda. Natijada, 5-6 yashar bolalar nafaqat telefon qurilmalaridan bemalol foydalanishyapti, balki ijtimoiy tarmoqqa kirib onlayn suhbatlar o‘tkazishyapti. Bu holatga o‘zim guvoh bo‘ldim. Masalani hal qilishda mediata’limni darslik sifatida maktab, maktabgacha ta’lim muassasalariga kirita olsak, ayni muddao bo‘lardi», - dedi Toshmuhammedova.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur sohada qabul qilingan huquqiy hujjatlar yaxlit qonun sifatida birlashtirilmagan, faqat qonunosti hujjatlari amalda. Natijada, har bir mas’ul tashkilot birlashmasdan, alohida bu masala bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, lekin ta’siri juda sustligicha qolmoqda.

Tadbirda markazning ilmiy guruh a’zosi Furqat Olimov O‘zbekistonda internet tarmog‘i foydalanuvchilari toifasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

«Mutaxassislarimiz tomonidan olib borilgan sotsiologik tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 23 mln nafar fuqaro internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Ularni toifalarga bo‘ladigan bo‘lsak, o‘rta, faol va o‘ta faol foydalanuvchilarga bo‘linadi. Odatiy foydalanuvchilar kuniga 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtni virtual olamda o‘tkazishadi. 3-4 soat davomida internet tarmog‘idan foydalanuvchilar esa o‘rta toifaga kiritildi. O‘z navbatida, 5 soat va undan ortiq vaqtini internetda o‘tkazadiganlar o‘ta faol kategoriyasiga kiradi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ayni vaqtda ijtimoiy tarmoq messenjerlari orasida video shaklidagilari ko‘proq zarar keltirmoqda. Ular orasida Youtube porno tasvirlarni tarqatishda asosiy o‘rinni egallab turibdi. Yuqoridagi sotsiologik tadqiqotlar bolalar bilan ishlovchi 1790 nafar o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazildi. Shuningdek, unda 60 nafarga yaqin ishtirok etishdi. Tadqiqot Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazildi», deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekistondagi bolalarning 10 foizi virtual olam ta’siriga haddan ortiq berilgan»