18:00 / 23.01.2020
3 225

2020 yilda nodavlat OTMlar soni 10taga yetkaziladi

2020 yilda nodavlat OTMlar soni 10taga yetkaziladi
Foto: Shutterstock
2020 yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalar va belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, davlat-xususiy sherikchilik asosida oliy ta’lim muassasalari tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Buning uchun oliy ta’limning ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va ularga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish rejalangan.

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, MTRK va AOKA oldiga 2020 yil 1 iyungacha Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida hamda xorijiy OTMlar filiallari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydigan me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

MTRK va AOKA nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish shartlari to‘g‘risida OAVda targ‘ibot ishlarini olib boradi.
2019 yilda nodavlat OTMlar (shu jumladan, DXSH asosida) soni 5ta bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda ularning sonini 10taga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yilda nodavlat OTMlar soni 10taga yetkaziladi