14:57 / 24.01.2020
2 502

Shavkat Mirziyoyev sud-huquq sohasida erishilgan eng katta yutuqni ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev sud-huquq sohasida erishilgan eng katta yutuqni ma’lum qildi
O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda 1989 nafar, 2019 yilning o‘zida 859 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shuningdek, 2019 yilda 3081 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan bo‘lsa, 2623 nafar fuqaroga asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarildi va o‘zgartirildi.

Bu raqamlarni prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentiga murojaatnomasida keltirib o‘tdi.
"Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida oqlov hukmlarini chiqarayotgani, hech shubhasiz, sud-huquq sohasidagi eng katta yutug‘imizdir", - dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida sudyalarning bu jasoratini va qat’iyatini bundan keyin ham to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev sud-huquq sohasida erishilgan eng katta yutuqni ma’lum qildi