O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet)ning ma’lum qilishicha, joriy yilning 24 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga qadar «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi, bo‘ron bo‘lishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushib, ko‘rinishning 50 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi kutilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Bu holatlar yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasida dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda harakatlanmaslikni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda