17:23 / 25.01.2020
5 916

Oliy ta’limda 3 yil o‘qish joriy etiladigan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi

Oliy ta’limda 3 yil o‘qish joriy etiladigan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar, juma kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida pedagogik ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati uch yil etib belgilanishini ma’lum qilgandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilanishi rejalashtirilgan.

2020/2021-o‘quv yilidan o‘qish muddati uch yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari:

- Musiqa ta’limi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik ta’lim;
- Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarish ayni paytda o‘qishni boshlaganlar uchun tatbiq etilmaydi. O‘quvni ushbu shaklda tashkil etish, to‘lov-kontrakt summasi hamda o‘quv-dars rejasini tuzish ishlari hali yakunlanmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’limda 3 yil o‘qish joriy etiladigan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi