06:30 / 26.01.2020
2 461

Samarqandda GreenCard yutib bermoqchi bo‘lganlar fuqarolarni 8 ming dollarga "chuv" tushirdi

Samarqandda GreenCard yutib bermoqchi bo‘lganlar fuqarolarni 8 ming dollarga "chuv" tushirdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, Samarqandda 2019 yilning 2 iyun kuni fuqaro X. 48 yoshli B.ni AQSH davlatiga ishga yuborish uchun “GreenCard” lotereya o‘yinida yutib, 6 oy ichida VIZA olishga va’da bergan. U bu xizmati evaziga B.X.dan 5.800 AQSH dollari miqdorida pullarni olgan va bugungi kunga qadar bergan va’dasini bajarmay pullarni ehtiyojiga sarflagan.

Bundan tashqari, X.X. Samarqand tumanida yashovchi fuqaro 24 yoshli M.O.ni ham shu usul bilan aldab, 2019 yil 29 iyul kuni 2.500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmagan.
Shu tariqa X.X. jabrlanuvchilarga jami bo‘lib 8.300 AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda GreenCard yutib bermoqchi bo‘lganlar fuqarolarni 8 ming dollarga "chuv" tushirdi