09:00 / 26.01.2020
3 729

O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha ish olib boriladi

O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha ish olib boriladi
O‘zbekistonda Jahon banki, BMTning Rivojlanish dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqiladi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytib o‘tdi.

Prezidentimizning aytishicha, ushbu maqsadlar uchun 700 million dollar jalb qilinadi. Shuningdek, xalqaro me’yorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiya yaratiladi.

Davlatimiz rahbari yil davomida budjet tizimi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyatsiyadan yuqori miqdorda oshirilishini ta’kidlagan.

«Nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish, bu borada mahallaning ishtirokini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim.
Fuqarolarimiz pensiyaga chiqishi uchun faqat pasporti bilan murojaat qilishi kifoya bo‘ladigan tizim yaratiladi
», — degan u.

Shavkat Mirziyoyev, 2020 yilda keksalar, jumladan, yolg‘iz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit va ta’sirchan tizim yaratish zarurligini ham aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha ish olib boriladi