10:15 / 26.01.2020
3 660

Propiska haqida gapirishsa, o‘sha voqeani eslayman...

Propiska haqida gapirishsa, o‘sha voqeani eslayman...
O‘z vaqtida (Karimov tirik paytlarda) propiska haqida eng ko‘p yozganlardan biri edim. Hatto O‘zbekistonda haqiqiy demokratiya bo‘lsa propiska to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan deputatlarni yoppasiga sudga beraman, degandim ham.

O‘zimni bu adolatsiz tizimdan aziyat chekkanlardan deb hisoblardim. Chunki propiska sababli ishdan — «Ma’rifat» gazetasidan haydalganman. Ijarada turgan uyda kechalari zal chirog‘ini yoqmasdik, eshik taqillatilsa ochmasdik. Ko‘chada bemalol yura olmasdik...

Propiskaga qo‘yish deyarli imkonsiz, hatto butunlay to‘xtatilgan vaqtlar edi. Bir kuni eshik taqilladi, tabiiyki yo mahalladan yoki «uchaskavoy» kelgandir, deb eshikni ochmay o‘tiraverdik ichkari xonada.

Bir vaqt eshik ortidan drel ovozi eshitildi. Men perforatorda eshikni buzishayapti, deb o‘ylab vahima bilan eshikka yugurdim. Eshikni vajohat bilan ochib qarasam... Yuqori qavatda turadigan o‘quvchim pod’ezdga chiroq o‘rnatayotgan ekan.

Mendan drel simini uyingizga ulab ishlatsam bo‘ladimi, deb so‘ramoqchi bo‘lib eshikni taqillatgan ekan. Eshik ochilmagach tepadan sim tushirib ishlayotgan ekan. Har safar propiska haqida gapirishganida shu voqeani eslayman.

Sanjar Said

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Propiska haqida gapirishsa, o‘sha voqeani eslayman...