23:57 / 26.01.2020
4 791

Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarildi, ular jiddiy tekshirilmoqda (video)

Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarildi, ular jiddiy tekshirilmoqda (video)
Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarildi. Ular ayni paytda Toshkent xalqaro aeroportida har tomonlama takomillashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Xitoyda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar 26 yanvar, yakshanba kuni soat 12:20 da GJ 8765 raqamli reys bilan Toshkentga yetib kelgan.

25 yanvar, shanba kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yangi tipdagi koronavirus tarqalayotgan Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib turgan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba Vatanga qaytarilishini ma’lum qilgandi.

Xitoyning Uxan shahrida pnevmoniyaning noma’lum turi paydo bo‘lishiga ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirus sabab bo‘lgan. Britaniyalik olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni bir hafta avval 1 723 ming nafarni tashkil qilgan. 23 yanvardan boshlab Uxan shahri karantinda bo‘lib, shaharga kirish va undan chiqish taqiqlangan — barcha aviareyslar, temir yo‘l qatnovlari to‘xtatilgan, jamoat transporti ishlamayapti.

Poytaxt Pekinda eng yuqori darajadagi favqulodda holat e’lon qilingan. Koronavirus yuqishi oqibatida 56 kishi vafot etgan. Virusga chalinganlar soni 2 mingdan oshgan. XXR raisi Si Szinpin mamlakat bo‘yicha virus tarqalishi kuchayotganini, «vaziyat og‘irligini» aytgan. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi yoshlardan koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatib, vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarildi, ular jiddiy tekshirilmoqda (video)