19:04 / 28.01.2020
4 211

Xitoyda koronavirusni davolash 1-2 hafta vaqt olishi ma’lum qilindi

Xitoyda koronavirusni davolash 1-2 hafta vaqt olishi ma’lum qilindi
Koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun bir hafta, og‘irroq holatlarda esa ikki hafta vaqt kerak. «Daryo.uz»ning yozishicha, bu haqda Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha Xitoy davlat qo‘mitasining mutaxassislar guruhi a’zosi Li Sinvan ma’lum qilgan.

«Hozirgi vaqtda kasallikning yengil alomatlari bo‘lgan bemorlar taxminan bir hafta ichida tuzalmoqda, jiddiyroq kasallanganlarga esa ikki hafta, balki undan ham ko‘proq vaqt kerak. Shu sababli vaqt o‘tishi bilan kasalxonadan javob beriladigan bemorlar soni ko‘payishiga ishonch bor», degan Li Sinvan.

Uning aytishicha, bemorlar kasalxonadan chiqarilishi uchun kasallikning klinik belgilari butunlay ketishi, tana harorati me’yoriga kelishi virusli nuklein kislotasiga tahlili ikki marta salbiy natija ko‘rsatishi kerak.

Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha Xitoy davlat qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning yangi turidan kelib chiqqan pnevmoniya bilan kasallanganlar soni 4 515 kishiga yetdi. Shulardan 106 nafari vafot etdi, 60 nafari tuzalib kasalxonadan ruxsat berildi.

Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to‘liq yoki qisman yopilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan. O‘zbekistonda ushbu virusning mamlakatga kirib kelmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda koronavirusni davolash 1-2 hafta vaqt olishi ma’lum qilindi