13:30 / 29.01.2020
3 594

Issiqxonalardagi “issiq” o‘g‘irliklar fosh qilinmoqda

Issiqxonalardagi “issiq” o‘g‘irliklar fosh qilinmoqda
MIB Andijon viloyati boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan issiqxonalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Asaka tumani, Baxrin mahallasi, Hurriyat ko‘chasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyati binosi ichida 15 sotix maydonga balandligi 3 metr, eni 6 metrdan bo‘lgan 12 dona issiqxona tashkil qilib olinganligi hamda tabiiy gazdan loyiha hujjatidan tashqari foydalanayotganligi aniqlandi.

Issiqxonaga 4350 tup pomidor ko‘chati ekilganligi esa ta’minotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori “ancha”ligini aytib turipti.
Shuningdek, Baliqchi tumani, To‘da mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A. yashash xonadonining tomorqa maydoniga gul yetishtirish maqsadida issiqxona tashkil qilib, ushbu issiqxonani isitishda tabiiy gazdan foydalanish uchun tegishli loyiha hujjatlarisiz, tabiiy gaz tarmog‘iga qo‘lbola gaz so‘rg‘ich moslamasi orqali ulanib, tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirilib, yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Issiqxonalardagi “issiq” o‘g‘irliklar fosh qilinmoqda