20:01 / 29.01.2020
3 980

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AOKA rahbarligidan ketdi

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AOKA rahbarligidan ketdi
Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlisda AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bog‘liq murojaatlarini Prezident administratsiyasiga kiritishgani va ushbu murojaatlar Prezident administratsiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qondirilgani haqida e’lon qilindi.

Tadbir doirasida Agentlik direktori v.b. K.Allamjonov va direktor o‘rinbosari S.Mirziyoyeva o‘z rahbarlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari haqida qisqa hisobot berib, shuningdek, kelajakdagi jamoatchilik yo‘nalishi bilan bog‘liq rejalari borasida fikr bildirishdi.

Majlis yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Nizomiddinov Agentlik tomonidan erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidlab, K.Allamjonov va S.Mirziyoyevalarning respublikamizning OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oshirishda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilishda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan o‘zaro munosabatlari samaradorligini oshirishdagi shaxsiy hissalarini yuqori baholab, O‘zbekiston davlati rivojlanishi yo‘lidagi kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.

Saidjanov Dilshod Madraximovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AOKA rahbarligidan ketdi