07:01 / 30.01.2020
2 663

Markaziy bank InfinBank’ga nisbatan jarimalar qo‘lladi

Markaziy bank InfinBank’ga nisbatan jarimalar qo‘lladi
Markaziy bank tomonidan kelib tushgan murojaat asosida ATB InfinBank’da iste’mol kreditlarini ajratish tartib-tamoyillari bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qanchalik javob berishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘rganish davomida banklarda bir qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan:
- kredit shartnomalari bankning kredit bo‘yicha foiz stavkasini bir tomonlama o‘zgartirish huquqi bilan tuzilgan;
- kredit shartnomalarida iste’mol kreditining to‘lovi uchun pul mablag‘lari ko‘chirilgunga qadar qarz oluvchilarning biron-bir to‘lovlarsiz kredit olishdan voz kechish huquqi belgilanmagan;
- ayrim qarz oluvchilarga imzolangan shartnomalarning nusxalari berilmagan.

Shunga ko‘ra, mazkur bankka iste’molchilarning huquqlarini tiklash, jumladan, kredit shartnomalari shartlarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan ko‘rsatma yuborildi.

Bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun ATB InfinBank’ga nisbatan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 57-moddasiga muvofiq jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank InfinBank’ga nisbatan jarimalar qo‘lladi