12:18 / 30.01.2020
2 716

Har ikkala holat yuzasidan viloyat prokuraturalari surishtiruv harakatlari olib bormoqda.

Har ikkala holat yuzasidan viloyat prokuraturalari surishtiruv harakatlari olib bormoqda.
Farg‘ona viloyati IIB YPX inspektori E.Begmatov «Vaz 2106» avtomobilni hujjatlarini tekshirish maqsadida o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan vaqtida, haydovchi T.R. avtomashinani hujjatlarsiz boshqarib kelganligini aniqlab, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydoniga joylashtirgan.

Haydovchi T.R. YPX inspektori E.Begmatovga dastlab 200 ming so‘m, keyinchalik esa 500 ming so‘m pora taklif qilgan, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida. Fuqaro T.R. YPX inspektori E.Begmatovga 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Namanganda ham shunga o‘xshash holat takrorlangan. YPX inspektori D.Cho‘lponov «Spark» avtomashinasi hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtatgan vaqtida, haydovchi A.M.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo‘lmagan. A.M.ga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

A.M. YPX inspektori D.Cho‘lponovga 600 ming so‘m pora taklif qilgan. A.M. YPX inspektori D.Cho‘lponovga 460 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.


Namangan va Farg‘onada 2 nafar haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda ushlandi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Har ikkala holat yuzasidan viloyat prokuraturalari surishtiruv harakatlari olib bormoqda.