14:38 / 31.01.2020
2 659

Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi

Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi
Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni tegishli qarorni imzoladi, deya xabar berdi «Gazeta.uz».

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev (1978 yilda tug‘ilgan) 1997−2000 yillarda «Umid» Prezident jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha Peys universitetida (AQSH) Biznesni boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr tahsilini olgan.

O‘zbekistonga qaytgach, 2000−2002 yillarda Andijon viloyati hokimligida axborot-tahlil guruhi yetakchi mutaxassisi, so‘ngra 2002−2005 yillarda mutaxassis, keyinchalik Vazirlar Mahkamasida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan.

2005−2007 yillarda Barri universitetida (AQSH) magistraturada Moliya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
2007−2013 yillarda u Barri va Tanderberd (AQSH) universitetlarida dars bergan.

2008−2013 yillarda Amerikada mehmonxonalar kompaniyasi direktori bo‘lgan. 2013−2014 yillarda esa ko‘chmas mulk investitsiya kompaniyasida direktor bo‘lib ishlagan. 2014 yilda u AQSHda o‘z investitsiya kompaniyasini tashkil qildi.

2018 yilning yozida Ulug‘bek Qosimxo‘jayev O‘zbekistonga Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasida mas’ul lavozimga taklif qilindi va u mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi