16:30 / 31.01.2020
12 427

1 fevraldan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qancha?

1 fevraldan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qancha?
“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 1 fevralidan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.

2020 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida:
✔️ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;
✔️ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so‘m;
✔️ eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so‘m;
✔️ bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so‘m;
✔️ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan:
✔️ 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam;
✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari tasdiqlandi.

Bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 fevraldan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qancha?