10:23 / 01.02.2020
2 586

Xususiy bandlik agentliklari firibgarlik maskanimi?

Xususiy bandlik agentliklari firibgarlik maskanimi?
Xususiy bandlik agentliklaridan pand yeb qolayotganlar soni kam emas. Keyingi oylarda shunaqa agentliklardan qanchasida jinoyatlar aniqlanmadi, deysiz. Mana, ular qatoriga yana bittasi qo‘shildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan (DXX xodimlari bilan hamkorlikda) o‘tkazilgan tezkor tadbirda «O. xususiy bandlik agentligi» MCHJ xodimlarining kirdikorlari aniqlandi. Ya’ni, mazkur sub’ekt mas’ullari ikki nafar fuqaroni aldab, ularning besh nafar qarindoshini «muammosiz Janubiy Koreyaga ishga yuborish»larini aytadi. Buning uchun esa «ishga ketayotganlar»ning har biri 7 000 AQSH dollaridan (jami 35 000 AQSH) naqd sanasa, kifoya ekan.

«Hojatbaror»larning taklifi shubhali ediki, darhol tegishli organga murojaat etdilar. Xususiy bandlik agentligi xodimlari 17500 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlanib, tegishli surishtiruv o‘tkazilganda, shubhalar asossiz emasligi oydinlashdi.

E’tiborlisi, yuqoridagi besh nafar fuqaroni avvalroq «A.visa» MCHJ rahbari Sh.A. ham «Koreya Respublikasiga ishga yubormoqchi bo‘lib», bo‘nak sifatida 2500 AQSH dollarini olayotganda qo‘lga olingan ekan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xususiy bandlik agentliklari firibgarlik maskanimi?