14:46 / 01.02.2020
3 218

Bugundan Umra ziyorati uchun charter aviareyslari amalga oshiriladi

Bugundan Umra ziyorati uchun charter aviareyslari amalga oshiriladi
Joriy yil 1 fevral kunidan e’tiboran kunlik charter aviaparvozlar Madinai Munavvara xalqaro aeroportiga amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi xabar bermoqda.

Bugun, birinchi charter aviareysimiz (245 nafar ziyoratchi) Toshkent-Madina yo‘nalishida ushbu muqaddas shaharga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz asosida uchib ketdi, deyiladi xabarda.

Umra safariga borishni xohlovchilar o‘zlarining doimiy turar joyidagi mahalla idorasi, mahalliy hokimliklar hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining joylardagi vakilliklariga murojaat qilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugundan Umra ziyorati uchun charter aviareyslari amalga oshiriladi