17:00 / 01.02.2020
4 131

Tunda hojatxonaga chiqib ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

Tunda hojatxonaga chiqib ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
Foto: Courtasy Photo
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi 63-maxsus maktab-internatida tunda hojatxonaga chiqib ko‘chada qolgan internatning 5-sinf o‘quvchisi sovuq urishi tashxisi bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi va jamoatchilik orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Zarnews’ning xabar berishicha, holat Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, tuman hokimligi va jurnalistlar tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, 23 yanvar kuni tarbiyachi Sh.T. navbatchiligi vaqtida ertalab soat 6:00 larda tashqariga chiqqan. Shu vaqtda tarbiyalanuvchi S.I. ham uning orqasidan tashqariga yo‘l olgan. Bundan xabardor bo‘lmagan holda tarbiyachi Sh.T. o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Shundan so‘ng tarbiyalanuvchi S.I. 30-40 daqiqa oralig‘ida tashqarida qolib ketgan. Shu vaqt mobaynida tarbiyalanuvchida talvasa sindromi kuzatilgan. Muassasa direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Z.Fozilova tarbiyalanuvchini yotoqxona binosiga olib kirgan va tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniga qadar tarbiyalanuvchi S.I.ga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida oyog‘ining tag qismiga issiq suv solingan yelim idish (baklashka) qo‘yib, issiq mato bilan o‘ragan.

Ehtiyotsizlik oqibatida bolaning oyog‘ining tag qismi kuyib, pufakcha hosil bo‘lgan. Shu sababli hozircha oyoqqa turgani yo‘q. Tuman tibbiyot xodimlari bolaning umumiy ahvoli yaxshi ekanligi, 1 hafta 10 kunda tuzalib, maktabga qaytishi mumkinligini bildirishgan.

Ushbu holat bo‘yicha o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun muassasa tarbiyachisi Sh.T. va tungi enaga O.T. maktab direktorining 25 yanvardagi buyruqlari bilan ishdan olingan.

Xodimlarga nisbatan yetarlicha e’tiborda bo‘lmaganligi sababli muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.F., bosh tarbiyachi H.A. va tungi enaga G.T.ga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Bolaning onasi bilan o‘tkazilgan suhbatda S.I. 5 yildan buyon ushbu maktabda o‘qiyotganligini, ushbu holat tasodifan bo‘lganligini, maktab rahbariyati va o‘qituvchilariga hech qanday e’tirozi yo‘qligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tunda hojatxonaga chiqib ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi