20:01 / 01.02.2020
4 016

Bosh prokuror: Dollarga “yer sotib” qo‘lga tushgan amaldorlar haqida

Bosh prokuror: Dollarga “yer sotib” qo‘lga tushgan amaldorlar haqida
1 fevral kuni Bosh prokuraturada Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, sug‘oriladigan ekin yerlarining ajratilishi va foydalanilishi ahvoli hamda sohada qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar muhokama qilindi. Komissiya yig‘ilishida Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.

Bosh prokuror so‘nggi ikki yilda yer sotish, talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 473 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 543 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu jinoyatlarning 71 tasini poraxo‘rlik, 354 tasini firibgarlik, 37 tasini soxtakorlik kabi qilmishlar tashkil etishini ma’lum qildi.

Bu davrda 295 nafar mansabdor shaxs yer qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi, ularning 119 nafari yoki 40 foizini yer kadastri xodimlari tashkil etishi qattiq tanqid qilindi.

Misol uchun, Buloqboshi tuman yer resurslari va kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqaro U.ga 4 sotix yerni uy-joy qurish uchun ajratib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olganda jinoyat ustida ushlangan.

Muborak tuman bo‘limi mutaxassisi fuqaro E.ga issiqxona qurish uchun yer ajratishni va’da qilib, 14 ming AQSH dollari olganligi uchun sud hukmi bilan yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qo‘mitaning faoliyati faqat kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdan iborat “Yermulkkadastr” korxonasi xodimlari ham bunday suiiste’molchiliklarga berilganligi ham ko‘rsatildi.

Masalan, Andijon shahar “Yermulkkadastr” rahbari fuqaro Q.ga 4 sotix yer ajratishni va’da qilib, 10 ming AQSH dollari olganligi uchun sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Oltiariq tuman “Yermulkkadastr” mutaxassisi fuqaro N.ga 5 gektar yerni bog‘ tashkil etish uchun ajratib berish evaziga 22 ming AQSH dollari va 28 mln. so‘m olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

O‘tgan ikki yilda hokimliklarning 23 nafar, arxitektura va qurilish idoralarining 14 nafar xodimlari yer bilan bog‘liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Misol uchun, Arnasoy tumani hokimining o‘rinbosari tadbirkorga parrandachilik kompleksi uchun yer ajratish evaziga 13 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 3 ming AQSH dollarini olganda qo‘lga olingan.

Yer ajratish evaziga Urganch tumani hokimi o‘rinbosari 5 mln. so‘m, Xiva shahri hokimi o‘rinbosari 2 ming AQSH dollari, Chust tumani hokimi o‘rinbosari 2.000, Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari 6.000, Navbahor tumani hokimining o‘rinbosari 11 ming AQSH dollari pora olganligi uchun javobgar bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuror: Dollarga “yer sotib” qo‘lga tushgan amaldorlar haqida