13:28 / 02.02.2020
5 166

Xorazmda yo‘l-patrul xizmati mashinasi beton to‘siqqa urildi

Xorazmda yo‘l-patrul xizmati mashinasi beton to‘siqqa urildi
Joriy yil 1 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-transport hodisasi natijasida texnik shikastlangan yo‘l-patrul xizmatining maxsus xizmat avtomobili fotosurati tarqaldi.

Fotoda aks etgan maxsus xizmat avtomobili Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tegishli bo‘lgan. Boshqarma surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida turli tusmollar bilan sharhlanayotganligi sababli holatga oydinlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qildi.

Lacetti rusumli ushbu xizmat avtomashinasi Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektori, safdor J.A.ga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan.

YPX inspektori xizmat vazifasini bajarish davomida 2020 yil 31 yanvar kuni soat 22:00 atrofida Urganch shahrining Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotganida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan yengil avtomashina to‘satdan to‘xtaganligi sababli YPX inspektori ushbu avtomashina bilan to‘qnashuvni oldini olish maqsadida harakat yo‘nalishini birdaniga o‘zgartirib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida YPX inspektori boshqaruvidagi maxsus xizmat avtomobili texnik shikastlangan bo‘lib, hech kim tan jarohati olmagan va boshqa avtomobillarga texnik shikast yetkazilmagan.

«Shuni alohida qayd etish lozimki, yo‘l-transport hodisasiga uchragan xizmat avtomashinasini boshqargan YPX inspektori o‘zi biriktirilgan xizmat hududida, xizmat kiyimida, hushyor holatda, tungi smenada xizmat olib borayotgan bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda yo‘l-patrul xizmati mashinasi beton to‘siqqa urildi